Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona shahriga kiruvchi “Vodiy-5” yo‘l-patrul posti olib tashlandi
Prezidentning Oliy Majlisga taqdim etgan Murojaatnomasida viloyatlar o‘rtasidagi postlarning joylashuvi nafaqat aholiga, balki iqtisodiyotga ham salbiy ta'sir ko‘rsatayotganini tanqid qilgan va buni bartaraf etish choralari ko‘rilishini talab etgandi.
O‘zA’ning yozishicha, Farg‘ona viloyatida qisqa muddatda ularning faoliyati qayta ko‘rib chiqildi hamda 8 ta yo‘l-patrul xizmati maskanini olib tashlash tadbirlari ko‘rilmoqda.
Farg‘ona tumanidan Farg‘ona shahriga kiruvchi “Vodiy-5” yo‘l-patrul posti avtomashinalar tirbandligi tufayli kechasi-yu kunduz haydovchi va yo‘lovchilarga noqulayliklar keltirib chiqarardi. Endilikda mazkur postning faoliyati to‘xtatildi.
– Bundan juda ham xursand bo‘ldik, – deydi Farg‘ona tumani Vodil qishlog‘ilik Nosirjon Rahimov. – So‘lim Shohimardon qishlog‘i hamda So‘x tumaniga borish uchun ilgari ancha ovoragarchiliklar bo‘lardi.
Mavzuga oid
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
11:41 / 19.05.2026