Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nazarboyev Qozog‘iston Qurolli kuchlari jangovar qudratini bir yarim barobarga oshirmoqchi
Foto: Akorda.kz
Qozog‘iston rahbari mamlakat Mudofaa vazirligi rahbariyati bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda Oqo‘rda matbuot xizmati.
Uchrashuv davomida davlat rahbariga Qozog‘iston Respublikasi Qurolli kuchlarining 2017 yildagi faoliyati yakunlari haqida hisobot berildi, mamlakat mudofaa salohiyatini mustahkamlash va qo‘shinlarning jangovar tayyorgarligini oshirish bo‘yicha ma'lumot taqdim etildi. Nursulton Nazarboyevning qayd etishicha, armiya, tashkil etilganidan so‘ng o‘tgan 25 yil davomida hududiy yaxlitlik, iqtisodiy farovonlik va mamlakat nufuzini mustahkamlash bo‘yicha kafolatga aylana oldi.
"Biz joriy yilda milliy xavfsizlik strategiyasi, harbiy doktrina, Qurolli kuchlarni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqladik. Ularda mamlakatning harbiy tashkilotini yanada rivojlantirish bo‘yicha yo‘nalishlar va vazifalar begilab olindi. Bu hujjatlar amalga oshirilishi natijasida 2020 yilga kelib Qurolli kuchlarning jangovar quvvati qo‘shinlarimiz jangovar salohiyatini oshirish hisobidan bir yarim barobarga oshishi kerak. Maxsus amaliyot kuchlari imkoniyatlari uch barobarga ko‘payadi", - deya aytib o‘tdi Qozog‘iston prezidenti.
Mavzuga oid
20:04 / 29.12.2025
Qozog‘istonda Nursulton Nazarboyevning xorijga chiqishini cheklash taklif etildi
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025