Jahon | 00:57 / 29.12.2017
40217
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonning sobiq prezidentining rafiqasi is gazidan halok bo‘ldi 

Foto: News.tj

28 dekabr kunduz kuni Tojikistonning sobiq prezidenti Rahmon Nabiyevning Xo‘jand markazida joylashgan uyida yong‘in yuz berdi. Oqibatda is gazidan zaharlanishdan Nabiyevning bevasi – 78 yoshli Mayram Nabiyeva halok bo‘lgan.

Yong‘in haqidagi xabar o‘t o‘chirish xizmatiga soat 13:10larda kelib tushgan. 

Ma'lum qilinishicha, yong‘in vaqtida ayol uyida bir o‘zi bo‘lgan. Dastlabki taxminga ko‘ra, yong‘inga elektr asboblardan noto‘g‘ri foydalanish sabab bo‘lgan.

Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, Rahmon Nabiyevning farzandlari Rustam va Munavvara onalarini dafn etgani Xo‘jandga kelishadi.

Rahmon Nabiyev mustaqil Tojikistonning birinchi prezidenti bo‘lib, bu lavozimni 1991-1992 yillarda egallagan. 1992 yilda mamlakatdagi notinch vaziyatdan keyin iste'foga chiqqan. Nabiyev 1993 yilda Xo‘janddagi uyida vafot etgan. 

Mavzuga oid