Jahon | 11:06 / 29.12.2017
11724
2 daqiqa o‘qiladi

Valiahd shahzodadan yana bir qadam - Apple va Amazon Saudiya bozoriga kiradi 

Foto: Middle East

Apple va Amazon Ar-Riyod bilan Saudiya Arabistoniga investitsiyalar kiritish uchun litsenziya olish borasida muzokaralar o‘tkazmoqda, deb xabar bermoqda Reuters ikki manbaga asoslangan holda. Bu valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonning konversativ qirollikka yuqori texnologiyali ko‘rinish berishga yo‘naltirilgan sa'y-harakatlari doirasida amalga oshmoqda.

Yana bir manbaning tasdiqlashicha, Apple Saudiya Arabistoniga xorijiy sarmoyalarni jalb etish bilan shug‘ullanuvchi SAGIA davlat agentligi orqali muzokaralar olib bormoqda.

Har ikki kompaniya Saudiya Arabistoniga uchinchi shaxslar orqali tovarlar yetkazib beradi, biroq ularda, jahondagi boshqa texnologik gigantlar kabi, bozorga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish imkoniyati hozircha yo‘q.

Ar-Riyod so‘nggi ikki yilda tartibga soluvchi to‘siqlarni kuchsizlantirishni boshladi, bunda xorijiy kapital ulushiga cheklovlar ham e'tiborga olindi, ular uzoq vaqt davomida investorlarni chetda turishga majburlardi. 

Apple va Amazon’ning jalb etilishi shahzoda Muhammad bin Salmon tomonidan rejalashtirilgan islohotlarni ilgari surishda yordam beradi hamda kompaniyalar imijini nisbatan yosh va ancha boy bozorda oshiradi.

Taxminlarga ko‘ra, SAGIA bilan Apple do‘konlari uchun litsenziya kelishuvi fevral oyiga qadar imzolanadi, chakana savdo bo‘yicha ilk do‘konlar esa 2019 yilda ochilishi rejalashtirilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid