Avvalroq Sirdaryo viloyati prokuraturasining ma'lumotlariga asoslanib, Sayxunobod tuman hokimi Nosirjon Egamberdiyevga nisbatan Özbekiston Respublikasi MJtKning 41-moddasi va 183-moddasi bilan ma'muriy işlar qözğatilgani va ular körib çiqiş uçun 2017 yil 28 dekabrda ma'muriy işlar böyiça Sayxunobod tuman sudiga yuborilgani töğrisida ma'lumot bergan edik.
E'tiborli tomoni viloyat prokuraturasining bergan ma'lumotida aytilişiça, Sayxunobod tuman hokimi N.Egamberdiyev ham tuman prokurori nomiga ariza bilan murojaat etib, unda 28 avgust 2017 yilda tuman hokimligida bölib ötgan yiğilişdan söng, uni tumandagi ta'lim muassasalari rahbarlarini tumanda ötkazilgan mustaqillik bayramiga qöl ostidagi xodimlarni madaniy hordiq çiqariş uçun olib kelmaganliklari sababli, ularni haqoratlab, qöl tekkizgani holatini yaşirin ravişda video tasvirga olib, ommaviy axborot vositalariga çiqarib yuborib, uni obrösiga putur yetkazgan şaxslarga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.
Tekşiriş natijasi böyiça Sayxunobod sanoat kasb-hunar kolleji direktori K.Rahmonovning harakatlarida MJtKning 46-moddasida nazarda tutilgan fuqarolarga ma'naviy yoki moddiy zarar yetkazişi mumkin bölgan ma'lumotlarni oşkor etiş, ya'ni fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga ma'naviy zarar yetkazadigan ma'lumotlarni oşkor etiş huquqbuzarligi alomatlari mavjud bölganligi aniqlangan.
Şundan söng, Sayxunobod sanoat kasb-hunar kolleji direktori Komiljon Rahmonovga nisbatan MJtKning 46-moddasi bilan ma'muriy huquqbuzarlik töğrisida iş qözğatilib, körib çiqiş uçun ma'muriy işlar böyiça Sayxunobod tuman sudiga yuborildi. Endilikda unga eng kam oylik iş haqining 2 baravarigaça miqdorda jarima solinişi mumkin.
Prokuraturaning uşbu bayonotidan keyin KUN.UZ tahririyatida bir qança savollar tuğilmoqda.
1) Demak, bir huquqbuzarning noqonuniy xatti-harakatlarini videoga olib, uni OAVga yetkazsa, ya'ni aytaylik jinoyat haqida xabar bersa, öşa xabar bergan odam ham jazoga tortilar ekanda?!
2) Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 46-moddasiga e'tibor qilsak, tibbiy yoki tijorat sirlarini, yozişma va boşqa xabarlar, notarial harakatlar, bank operatsiyalari va jamğarmalar sirlarini, xuddi şuningdek fuqaroga, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga ma'naviy yoxud moddiy zarar yetkazişi mumkin bölgan boşqa ma'lumotlarni oşkor etiş harakati ma'muriy huquqbuzarlik sifatida baholanişi qayd etilgan.
Endi aytingçi, hokimning direktorlarni döpposlaşi uning huquqimi? Yoki erkinligimi? Balki qonuniy manfaatlari demoqçidirsiz? Agar özgalarni kaltaklaş na huquq, na erkinlik, na qonuniy manfaat hisoblanmasa, unda prokuratura qanday asoslarga köra, videoga olgan kollej direktorini aybdor deb topdi? Axir kollej direktor hokimning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga heç qanday zarar yetkazmadi-ku.
3) Har qanday soğlom aql egasiga körinib turibdiki, kollej direktori öziga bölayotgan muqarrar xavfni tasvirga olgan. Axir bir muştumzör hokim 1-2 daqiqadan keyin özini ham kaltaklagani kelişi kundek ravşan bölib turganda, nima uçun direktor bu holatni videoga olmasligi kerak? Ertaga heç kimga arz qila olmasligi, yopiğliq qozon yopiğligiça qolişi uçunmi? Qaçondan buyon özini döpposlayotgan zöravonlarning xatti-harakatini videoga oliş va uni OAVga taqdim qiliş huquqbuzarlik bölib qoldi?
4) Facebook ijtimoiy tarmoğidagi bir qança guruhlarda, xususan “Voditeli Taşkenta” guruhida köpçilik guruh a'zolari öz maşinalaridagi videoregistratorga yozib qoldirilgan boşqa bir haydovçilarning qonunni oçiqdan-oçiq mensimasligi aks etgan lavhalarni e'lon qilişadi. Qaysidir qoidabuzar haydovçi “meni qizil svetoforda ötganimni” yoki “meni odam urib yuborganimni e'lon qildi” deb ariza bersa, unda öşa videoni tarmoqqa yuklagan şaxs ham jazoga tortiladimi? Özbekiston qonunçiligida bunaqa amaliyot mavjud bölsa, unda jinoyatçilarga mazza ekanda?!
5) Toşkent şahar içki işlar boş boşqarmasi joriy yildan boşlab matbuotda turli ma'lumotlarni e'lon qilişda juda faolligi bilan boşqa davlat taşkilotlaridan alohida ajralib turibdi. Boş boşqarma har kuni öz rasmiy saytida jinoyatda gumon qilinayotganlarning (sud hukmi bilan aybdor deb topilganlarning emas) rasmi va ismlari bilan berib borayotgani jinoyatçilikni oldini oliş böyiça zarur profilaktika işlari sifatida baholanmoqda. Agar Sayxunobod prokuraturasining mantiğiga işonadigan bölsak, unda Toşkent şahar IIBB ham fuqarolarga ma'naviy zarar yetkazişi mumkin bölgan ma'lumotlarni OAVda e'lon qilişyaptimi? Agar şunaqa bölsa, unda nima uçun ular javobgarlikka tortilmayapti? Agar bunaqa bölmasa, unda nima uçun kollej direktorini javobgarlikka tortişmoqçi? Yoki Toşkent şahar IIBB qilgan iş profilaktika, direktor qilgan iş qonunbuzarlikmi? Özbekistonda qonunlarga aniq va bir xilda amal qilinişi kerak, şekilli?
6) Agar özganing qonunbuzarligi aks etgan videoni çop etiş uçun jazo bor bölsa, unda nima uçun Milliy teleradiokompaniya jazolanmayapti? Axir jurnalistlarning faolligi evaziga TVda har kuni şu kabi videolar köp e'lon qilinyaptiku. Masalan, Farğonada öquvçilarni urgan öqituvçi, öz qizini urgan ota va yana bir qança videolar e'lon qilindi. Aytişingiz mumkin, TV ularni videoga olmagan, şunçaki e'lon qilgan deb. Lekin ma'muriy javobgarlik aynan e'lon qiliş uçun belgilanadi, videoga olganlik uçun emas. Yana öşa savol: agar Sayxunobod prokuraturasining mantiğiga işonadigan bölsak, unda MTRK ham ma'muriy javobgarlikka tortilişi kerakmi?
Xullas, savollar köp, javoblar bölarmikin? Agar hozir biz öşa kollej direktorini himoya qilmasak, ertaga Sayxunobod hokimiga öxşaş ayrim rahbarlardan aziyat çekkan xalq vakillarining dardi içida yuraveradi, gapirsam, oşkor qilsam jazoga tortilar ekanman deb bunday huquqbuzarliklarga hamma köz yumadi. Bu kelgusida salbiy oqibatlar keltirib çiqarişi mumkin.
Davlatimiz rahbari Şavkat Miromonoviç 22 dekabr kuni yöllagan murojaatlarida yurtimizda jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş, xalqning huquqiy ongi va madaniyatini oşiriş, rahbarlarning amalda xalqqa xizmat qilişini taşkil qiliş, eng asosiysi qarorlar çiqarişda ADOLAT, ADOLAT va yana ADOLATli böliş haqida jon kuydirib gapirayotgan bir paytlarida hududlarda bunday antiqa qarorlar çiqarilayotgani mantiqdan emas.











