Otaxon mehnat faoliyatini 15 yoşida kolxozda suvçilikdan boşlagan. Keyinroq tumanda taşkil etilgan bördoqiçilik çorva fermasida 40 yil mehnat qildi.  

2011 yilda nafaqaga çiqqaç, tomorqasida uzumçilik bilan şuğullana boşladi. Uzoq yillar uzum yetiştirib, tok parvarişining hadisini oldi. Hozir uzumning rizamat, husayni, kelin barmoq, şohonaki, ketmon sop kabi navlarini köpaytirmoqda. Otaxon yangi “abatar” navini payvand qilganini aytdi.    

Tursunboy ota turmuş örtoği Inoyatxon aya bilan 3 öğilni tarbiyalab elga qöşdi. Bugungi kunda çol-kampir 16 nafar nevara-çevara ardoğida. Öğillari Azizjon, Azimjon Azamatning katta tomorqalarida ham  uzumning köplab navlari parvariş qilinmoqda.

– Prezidentimizning tumanimizga taşrifi mening hayotimda eng baxtli, esda qolarli kun böldi, – deydi Tursunboy ota. – Taşrif çoğida yurtboşimiz menga Tracker avtomaşinasini sovğa qildi. Keyin mahalladagi uzum yetiştiruvçilarga murabbiylik qilişimni aytdi. Işonsangiz, haligaça hayajonim bosilgani yöq. Xuşxabarning qöşqanoti böladi, deganlaridek, mahalla- köy, tumanimiz, viloyatimiz, qolaversa, vodiydagi qarindoşlar, döst-birodarlarning tabriklari oğuşida yaşayapman. Farğona vodiysining Oltiariq tumanidagi Uzumçi mahallasi singari endi bizning mahalla aholisi ham uzumçilik bilan şuğullanadi.