Paymard mahallasida istiqomat qilib kelayotgan Asiba opa ayni paytda gilamning har xil turlari, jumladan, julpat, qoqma, şolça kabi turlarini töqiydi. 2020 yilda 5 nafar şogird tayyorladi. Maktab öquvçilari, pensiya yoşidagi ayollar doimiy ravişda kelib, gilam töqişni örganişadi.

Hunarmand hozirda 10 nafar işsiz fuqaroni iş bilan ta'minlaşni, oylik maoş asosida işga olişni rejalaştirgan.

Örtaça 2x3 metr yuzali gilam va şolçalarni töqiş uçun 8-10 kg ip ketadi. Iplar asosan qöy yungidan tayyorlanadi. Asiba Botirovaning aytişiça, bunday mahsulotlardan tayyorlangan gilam va şolçalar qişda issiq, yozda salqin saqlaydi.

Qöy yungi dastlab tozalab yuvilib, savalanadi va çuyka holiga keltiriladi. Undan söng ip yigiriladi, kalava holiga keltiriladi hamda ranglanadi. Rang berişda tabiiy va kimyoviy böyoqlardan foydalaniladi.

«Qölimdagi urçuq – antikvar narsa. Katta onamdan qolgan ekan. U baraka keltiradi», – deydi Asiba Botirova.

Bitta gilam 20-30 kunda töqib tugatiladi. Töqilgan gilamlar mahalliy xaridorlarga, respublika körgazmalarida xorijiy sayyoh va mehmonlarga sotiladi.

Bundan taşqari, oilaviy korxonada qöy yungi va paxta ipdan Qur'on kitobini soliş uçun möljallangan qopçalar, joynamoz, quroq, örindiqlar uçun taglik töqiladi.

Asiba opa böş vaqtida özining tomorqasida 70 xildagi gullarni ham parvarişlaydi. Gullardan uruğini olib, har bir kilogrammidan 700-800 ming söm daromad oladi.

Şuhrat Yunusov, Kun.uz muxbiri.
Montaj ustasi: Jahongir Aliboyev.