Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron prezidenti namoyishga chiqish fuqarolarning huquqi ekanini tan oldi
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy ma'lum qildiki, namoyishlarga chiqish eronliklarning konstitutsiyaviy huquqidir. Ammo u «tanqidni zo‘ravonlikdan farqlash» lozimligiga e'tibor qaratgan. Bu haqda Press TV telekanali xabarida aytildi.
«Namoyishlar, tanqid qilish - odamlarning konstitutsiyaviy huquqidir... Lekin tanqid davlatga zarar keltiruvchi zo‘ravonlikdan farq qilishi kerak», deya prezident so‘zlarini keltirgan telekanal.
O‘tgan haftaning payshanba kunida Eronning ikkinchi yirik shahri Mashhadda tuxum narxlari ikki barobar oshishiga norozilik sifatida 200 kishi ishtirokida norozilik aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Ular mamlakat hukumatining iqtisodiy siyosatidan norozilik bildirishdi. Politsiya shu kuni namoyishga chiqqan 52 kishini hibsga olishi norozilik to‘lqinini boshlab berdi.
Keyingi kunlarda mamlakatning boshqa shaharlarida ham namoyishlar boshlandi.
Yakshanba kuni Tehron meri Muhammad Ali Najafiy namoyishchilar ba'zi binolarga zarar keltirgani, yo‘llarda harakatlanish qiyinlashgani haqida ma'lumot berdi.
Hukumat Do‘rud shahridagi tartibsizliklar vaqtida ikki kishi halok bo‘lganini tan oldi va shu bilan birga bu kishilar politsiyachilar tomonidan o‘ldirilmaganini iddao qildi.
Mavzuga oid
22:29 / 14.06.2026
Tramp Netanyahuni aqlsizlikda aybladi va Eron bilan kelishuv 2–3 soat ichida imzolanishini aytdi
00:49 / 14.06.2026
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
09:45 / 13.06.2026
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
09:05 / 13.06.2026