Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erondagi namoyishlar vaqtida qurbon bo‘lganlar soni ortmoqda
Eronda hukumatga qarshi namoyishlar vaqtida yuzaga kelgan tartibsizliklar vaqtida halok bo‘lganlar soni ortmoqda.
Mahalliy televideniye xabarida aytilishicha, shu kungacha politsiya bilan to‘qnashuvlar oqibatida 10 kishi halok bo‘lgan.
28 dekabrda Eron shaharlaridan birida tuxum narxining keskin oshishiga qarshi boshlangan noroziliklar 29 dekabrda butun mamlakatga yoyilib, siyosiy tus oldi va 4 kundirki ommaviy namoyishlar davom etmoqda.
Jumladan, Risht, Sheroz, Isfahon, Kirmonshoh va Hamadon shaharlarida ko‘plab odamlar ko‘chalarga chiqqan.
Dastlabki kunlarda Do‘rud shahridagi namoyishlar vaqtida ikki kishi halok bo‘lgandi. Hukumat esa bu kishilarning o‘limida huquq-tartibot organlari emas, «xorijlik josuslar» aybdorligini ma'lum qildi.
Oxirgi xabarlarga ko‘ra, Eron janubi-g‘arbidagi Ise shahrida ikki namoyishchi halok bo‘lgan.
«Ise shahri xalqi ham iqtisodiy muammolar tufayli namoyishga chiqqan va afsuski, bu namoyishlar ikki kishining o‘limiga hamda bir necha kishining jarohatlanishiga olib kelgan», deya ma'lum qildi viloyatning parlamentdagi vakili Hidoyatulloh Hademiy.
«Men kecha kim o‘q uzgani - namoyishchilarmi yoki huquq-tartibot organlarimi, aniq bilmayman», deya qo‘shimcha qilgan u.
Mavzuga oid
22:29 / 14.06.2026
Tramp Netanyahuni aqlsizlikda aybladi va Eron bilan kelishuv 2–3 soat ichida imzolanishini aytdi
00:49 / 14.06.2026
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
09:45 / 13.06.2026
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
09:05 / 13.06.2026