Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gretsiya hukumati plastik paketlarga soliq joriy etdi
Foto: greenbelarus.info
Gretsiya atrof-muhit muhofazasi vazirligining ma'lumotlariga ko‘ra, aholisi 11 millionga yaqin bo‘lgan mamlakatda bir yilda 4,5 milliard plastik paket ishlatiladi.
Hukumat qaroriga ko‘ra, bugundan boshlab supermarketlarda plastik paketlar pullik bo‘ladi — ularning har biri 4 yevrosentga sotiladi. 2019 yildan esa ularning narxi 9 yevrosentga ko‘tariladi.
— Plastik paket bizning odatiy iste'molimizni tark etishi kerak. Biz iste'molchilarning hulq-atvorini o‘zgartirish payidan bo‘lamiz, chunki fuqarolarimiz bunday paketlarni ishlatishning ekologik oqibatlarini chuqur anglab yetishlari kerak, — deya RIA Novosti Gretsiya atrof-muhit muhofazasi vazirining o‘rinbosari Sokratis Famellosning so‘zlarini keltirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, plastik paketlar jahonning ko‘plab davlatlarida taqiqlangan. Ular chirish muddati uzoqligi sababli atrof-muhitga, jumladan, hayvonot olamiga ulkan zarar yetkazadi.
Mavzuga oid
13:18 / 08.07.2023
Qirg‘iziston polietilen paketlardan voz kechmoqda. Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida vaziyat qanday?
21:19 / 07.07.2021
Jismoniy shaxslar YaTT sifatida taksichilik qilganda qancha soliq to‘laydi?
10:06 / 02.07.2021
130ta davlat xalqaro soliq tizimi kiritilishini ma'qulladi
11:27 / 27.06.2021