Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Kun.uz» jurnalist va boshqa xodimlarni ishga oladi
«Kun.uz» yangiliklar sayti malakali muxbirlar, tajribali musahhih va texnik xodimlar qidirmoqda.
Ushbu saytda ishlash uchun ma'lum talablar mavjud, faqat shu talablarga javob bergan talabgorlar ishga qabul qilinadi.
Jurnalist-muxbir
Birinchi galdagi talablar - O‘zbek, rus (ingliz) tillarini mukammal bilish, kompyuterda bemalol ishlash, internet-jurnalistikasidan xabardorlik. Shuningdek, talabgordan oliy ma'lumot to‘g‘risidagi diplom so‘raladi (jurnalistika yoki huquqshunoslik fakulteti), u kamida 5 yillik tajribaga ega bo‘lishi kerak.
Xodimning vazifasi «Kun.uz» nomidan turli tadbirlarda ishtirok etib, tezkor ravishda xabarlar tayyorlash, tahririyatga yo‘llangan murojaatlar bilan ishlash, joylardagi muammolarni o‘rganish, reportajlar va tahliliy maqolalar tayyorlash va berilgan boshqa topshiriqlarni bajarish bo‘ladi.
Rus tilida xabarlar tayyorlovchi xodim
Talab — rus va o‘zbek tillarini (ingliz tili) mukammal bilish.
Vazifa — Saytning rus tilidagi versiyasini yuritish, turli tadbirlardan muhim xabarlarni tezkor ravishda uzatish.
Musahhih
Talab — shu sohada ishlagan, kamida 5 yillik tajribaga ega bo‘lishi, rus tilini yaxshi bilishi kerak va oliy ma'lumot (filologiya).
Vazifa — Muxbirlar va jurnalistlar tayyorlagan xabarlarni saytda e'lon qilinishidan oldin tekshirish, tahrirlash, sayt uchun mualliflik maqolalari yozish.
Texnik xodim
Talab — kompyuter bilan a'lo darajada ishlash, maxsus dasturlarni, jumladan, fotoshopni bilish, ijtimoiy tarmoqlardan unumli foydalanish, oliy ma'lumot yoki o‘rta maxsus ma'lumotga ega bo‘lish.
Vazifa — Tekshiruvdan o‘tgan xabarlarni saytga joylashtirish va saytning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini yuritish.
Operator-montajchi
Talab — sohadagi tajriba, oliy yoki o‘rta maxsus ma'lumot.
Vazifa — joylarga s'yomkalarga chiqish, operatorlik ishlarini bajarish, tayyorlangan materiallarni montaj qilish va materialni yakuniy holatga keltirish.
Sinovdan o‘tgan xodim bilan rasmiy mehnat shartnomasi tuziladi va oylik maosh tayinlanadi.
O‘zingizni «Kun.uz»da ishlashga tayyor deb bilsangiz, o‘z ma'lumotnomangizni [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.
Eslatma: faqat Toshkent shahrida yashovchi xodimlar ishga olinadi, xodim sayt ofisida joy va bepul tushlik bilan ta'minlanadi.