Kanada iş beruvçilari bilan erişilgan kelişuvga köra, özbekistonliklar quriliş, xizmat körsatiş va texnik sohalarga işga taklif etilmoqda. Bu haqda Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Iş örinlari soni 5 mingta bölib, dastlabki qabul quriliş sohasidagi quyidagi işlar uçun böladi:

  • duradgor;
  • payvandçi;
  • elektrik;
  • santexnik;
  • betonçi;
  • oynaçi;
  • tom yopuvçi;
  • pol qoplamalarini yotqiziş böyiça yordamçi;
  • örmon xöjaligi va boşqalar.

Nomzodlarga qöyiladigan talablar va zarur hujjatlar:

  • 18 yoşdan 45 yoşgaça böliş;
  • ingliz tili, fransuz tili yoki ispan tillaridan birini biliş;
  • quriliş kasb-ta’limi mutaxassisligi böyiça guvohnoma, sertifikat, diplom;
  • xorijga çiqiş pasporti nusxasi.

Iş haqi soatiga 12,5 AQŞ dollaridan 30 AQŞ dollarigaça tölanadi.

Nomzodlar havola orqali röyxatdan ötişlari mumkin.

Har bir nomzod ma’lumotlari iş beruvçi taşkilot vakillari tomonidan körib çiqiladi va xorijiy tilda suhbatdan ötkaziladi.

Batafsil ma’lumotlarni +998712023355, +998712000061 yoki 1282 qisqa raqami orqali oliş mumkin, deyiladi vazirlik xabarida.