Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Keyptaun konvensiyasi va Aviatsion protokolni imzoladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 28 «O‘zbekiston Respublikasining harakatlanuvchi uskunalarga nisbatan xalqaro kafolatlar to‘g‘risidagi konvensiyaga (Keyptaun, 2001 yil 16 noyabr) va Harakatlanuvchi uskunalarga nisbatan xalqaro kafolatlar to‘g‘risidagi Konventsiyaning Aviatsiya uskunalari bo‘yicha protokoliga (Keyptaun, 2001 yil 16 noyabr) qo‘shilishi to‘g‘risidagi Qonunni imzolagan.
Qonun Oliy Majlisning qonunchilik palatasi tomonidan 2017 yilning 6 dekabrida qabul qilingan va Senat tomonidan 2017 yilning 20 dekabrida ma'qullangan.
Ushbu xalqaro-huquqiy hujjatlar Janubiy Afrika Respublikasining Keyptaun shahrida 2001 yil 16 noyabrda qabul qilingan va 2006 yil 1 martdan boshlab kuchga kirgan. Ayni damda jahonning 73 mamlakati ularga a'zo hisoblanadi.
Keyptaun konvensiyasi va Aviatsion protokolga ko‘ra, ushbu hujjatni qabul qilgan barcha a'zo-davlatlar o‘rtasida tan olinuvchi aviatsion obektlar — samolyotlar, dvigatellar va boshqalar bo‘yicha xalqaro kafolatlar kelib chiqishi tartibi va oqibatlari belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasining ushbu xalqaro-huquqiy hujjatlarga qo‘shilishi fuqarolik aviatsiyasi ehtiyojlari uchun havo kemalari parkini modernizatsiya qilishda qimmatbaho aviatsion texnikasi xarid qilishda davlat mablag‘larining tejalishi, pirovard natijada parvozlar xavfsizligini oshishini ta'minlashga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
18:03 / 24.08.2025
Iordaniya podshohi davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi
19:31 / 06.10.2024