Jahon | 23:00 / 01.01.2018
10152
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyada 2017 yilda tinch aholi vakillari bo‘lgan 10 ming kishi halok bo‘ldi

Foto: Reuters

2017 yilda Suriyada qiynoqqa solish, janglar va hujumlar oqibatida tinch aholi orasidan 10204 kishi halok bo‘lgan. Ko‘pchilik halok bo‘lganlar Bashar Asad tuzumi qurbonlariga aylanganlar. Bu haqda Suriya huquqni himoyalash tashkiloti (SNHR) hisobotida aytilgan.

Halok bo‘lganlar orasida 2298 bola va 1536 ayol bor.

O‘tgan yil Asad tuzumidan 4148 kishi, jumladan 591 ayol va 754 bola, Suriya demokratik ittifoqi – PYD terrorchilari qo‘lidan 316 kishi, jumladan 54 ayol va 58 bola halok bo‘lgan. IShID jangarilari zo‘ravonliklari oqibatida 1421 kishi, jumladan 148 ayol va 281 bola halok bo‘lgan.

Rossiya harbiy-koinot kuchlari hujumlari oqibatida 1436 kishi, AQSh boshchiligidagi koalitsiya harakatlaridan esa 1759 kishi halok bo‘lgan. 

Suriyada yakunlangan yilda noma'lum guruhlar tomondan 913 kishi o‘ldirilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid