Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda IShIDning 60 dan ortiq jangarisi yo‘q qilindi
Afg‘oniston qurolli kuchlarining seshanba kuni o‘tkazgan amaliyotlari davomida IShID terrorchilik tashkilotining 60 dan ortiq jangarisi yo‘q qilindi. Bu haqda Tolo News telekanali amaldorlarga tayangan holda xabar berdi.
Nangarxor viloyati gubernatori vakili Otaulla Hogiyaniyning ma'lum qilishicha, Xaska Mina mintaqasidagi havodan va yer usti amaliyotlari davomida 65 jangari yo‘q qilingan hamda yana 18 nafari jarohatlangan. Uning so‘zlariga ko‘ra, amaliyot vaqtida bir nafar oddiy fuqaro halok bo‘ldi, yana 13 nafari jabrlandi.
Avvalroq Afg‘oniston armiyasi bosh shtabi boshlig‘i Sharif Yaftali mamlakatda IShIDning 2 mingga yaqin jangarisi borligi haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026