Sport | 10:25 / 02.01.2018
41381
2 daqiqa o‘qiladi

Nurmagomedov Makgregorga javob qaytardi

Foto: RIA "Novosti"

Aralash yakkakurashlar bo‘yicha rossiyalik jangchi Xabib Nurmagomedov irlandiyalik Konor Makgregorning haqoratlariga javob qaytardi.

«Ovozingni o‘chir», - deb yozgan rossiyalik jangchi tvitterda. U yozuviga xo‘roz ko‘rinishidagi emodzini ham qo‘shib qo‘ygan.

Avvalroq Makgregor Nurmagomedovning braziliyalik Edson Barboza bilan UFC 219 musobaqasi doirasidagi jangi yakunlari bo‘yicha keskin fikr bildirgandi.

«Bu dog‘istonlik o‘sha kecha it chiqindisiga o‘xshab ketdi. Menga pul to‘lang – va Qirol qaytadi. Tizzaga cho‘kib, mendan o‘tirib so‘ranglar.

Meni shunchaki ishontirib bo‘lmaydi. Joriy yilda mening yangi brendim paydo bo‘ladi», - deya yozgan Makgregor.

Eslatib o‘tamiz, 29 yoshli rossiyalik sportchi hakamlarning bir ovozdan qarori bilan Barboza ustidan g‘alaba qozondi. Shundan so‘ng Nurmagomedov Makgregor bilan jang o‘tkazish istagida ekanini ma'lum qildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid