Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyada 3 kun ichida 3 general halok bo‘ldi
Suriyada oxirgi 3 kun ichida 3 brigada generali halok bo‘ldi. Bu haqda qurolli ixtiloflarni tahlil qiluvchi WarJournal ma'lum qilgan.
Ma'lum qilinishicha, 2 yanvarda Suriyaning quruqlikdagi qo‘shinlarining brigada generali Habib Mahrez Yunus Xarastdagi janglar vaqtida halok bo‘lgan.
Avvalroq shu hududdagi to‘qnashuvlar vaqtida general Ali Diopa halok bo‘lgan. U Suriya respublika gvardiyasining 138-tank bataloni qo‘mondoni bo‘lgan.
31 dekabrda Xarastdagi harbiy baza uchun jangda yana bir general Muhammad Janod halok bo‘lgan.
2017 yil oktabrda Suriya hukumat kuchlarining eng taniqli generallaridan biri, Daur-az-Zor mudofaasi uchun javob bergan Isom Zahriddin halok bo‘lgani ma'lum qilingan. U Xuvayjot-as-Sakrda minada portlab ketgan.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026