Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Eronda namoyishchilarga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi
Eronda boshlangan norozilik namoyishlarining oltinchi kunida hukumat tarafdorlari ham ko‘chalarga chiqishdi.
Bugun, 3 yanvar kuni minglab hozirgi hukumat tarafdori bo‘lgan eronliklar davlat bayroqlari va oyatulloh Ali Xomanaiyning portretlarini ko‘targan holda marsh uyushtirishgan.
Davlat televideniyesida xabar berilishicha, Qum shahrida ko‘chalarga chiqqan namoyishchilar «Amerikaliklarning yollanma askarlariga o‘lim!» deya hayqirishgan.
Eronning uchinchi yirik shahri bo‘lmish Isfahonda, shuningdek, mamlakatning shimoli-g‘arbida joylashgan Abadan va Xurramshahr shaharlarida ham norozilik namoyishlariga qarshi tinch namoyishlar o‘tkazildi.
Namoyishga chiqqanlar tilidan shuningdek, «Tomirlarimizdagi qon rahbarimizga tortiq bo‘lsin!», «Biz o‘z yetakchimizni yolg‘iz qoldirmaymiz!» kabi shiorlar yangragan. Ular mamlakatda keyingi kunlarda o‘tkazilgan namoyishlarda AQSh, Buyuk Britaniya va Isroilni ayblashgan hamda «bu g‘alayonchilarni qatl qilish»ga chaqirishgan.
29 dekabr kuni Eronning Mashhad shahrida mamlakatdagi iqtisodiy qiyinchiliklarga qarshi boshlangan norozilik aksiyalari keyingi kunlarda mamlakatning boshqa yirik shaharlariga tarqaldi. O‘tgan vaqt davomida bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvlar natijasida 20dan ortiq kishi halok bo‘ldi, yuzlab kishilar hibsga olindi.
Mavzuga oid
09:31
FT: Fors ko‘rfazi davlatlari neft quvurlari qurmoqchi
23:13 / 02.04.2026
Erondagi eng katta ko‘prik AQSh va Isroil zarbasi oqibatida vayron bo‘ldi
21:19 / 02.04.2026
Eron hech qachon tajovuzkorlik yo‘lini tanlamagan – Pizishkiyon amerikaliklarga murojaat qildi
17:25 / 02.04.2026