Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda antidoping agentligi tashkil etiladi
Prezident «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi Qarorni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
«Mazkur hujjat sog‘lom va xaqqoniy sportni targ‘ibot qilish hamda Butunjahon antidoping agentligining kodeks va standartlarini O‘zbekistonda samarali amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi sportchilarining 2020 yil Tokio shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarligiga barcha shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgandir.
Shu o‘rinda, Sportda dopingga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro konvensiyani barcha a'zo davlatlar katorida O‘zbekiston Respublikasi 2010 yilda ratifikatsiya etganini alohida ta'kidlash joiz», deyilgan xabarda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi zimmasiga Butunjahon antidoping agentligining antidoping boshqaruvi va menejmenti (ADAMS) maxsus dasturini respublikamizda joriy etish va qo‘llash mas'uliyati yuklatilgan. Mazkur dastur orqali agentlik faoliyatini samarali tashkil etish va butunjahon tezkor ma'lumotlar bazasi axborotlaridan foydalanish imkoniyati yaratiladi hamda musobaqa va musobaqalardan tashqari bo‘lgan davr mobaynida doping-test jarayonlaridan o‘zbekistonlik sportchilar o‘tishi to‘g‘risida aniq axborot shakllanadi, doping-nazorat tizimi tashkil etiladi. Ayniqsa, O‘zbekiston sportchilari dori vositalaridan terapevtik maqsadlarda foydalanishi va taqiqlangan dori vositalaridan foydalanmasligi to‘g‘risida aniq tavsiyalar berish mexanizmi va samarali antidoping tizimi joriy etiladi.
Qaror bilan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qo‘mitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining «Milliy antidoping xizmati» negizida «Sport psixologiyasi bo‘limi»ni tashkil etish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, agentlik tarkibida 3ta bo‘lim va 2ta komissiya tashkil etilishi natijasida sportchilar, murabbiylar, sport tibbiyoti xodimlari va boshqa mutaxassislarga sog‘lom va xaqqoniy sportni targ‘iboti hamda taqiqlangan dori vositalari yoki uslublar nazoratini ta'minlash kabi dopingga qarshi kurashish borasidagi qator muhim vazifalarni amalga oshirish belgilab berilgan.
Bu borada agentlikka doping orqali sportchilarga yetkaziladigan zarar, inson sog‘lig‘i uchun doping qabul qilishning salbiy oqibatlari to‘g‘risida sport jamoatchiligini xabardor etish, Butunjahon antidoping agentligining dasturlari va loyihalarini amalga oshirish, xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirishga alohida e'tibor qaratish zarurligi belgilangan.
Mavzuga oid
17:53 / 14.11.2025
Olimpiada chempioni Lazizbek Mullajonov doping tufayli 3 yilga chetlatildi
21:35 / 03.10.2025
Ramazon Temirov bir yilga diskvalifikatsiya qilindi
20:54 / 08.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
21:59 / 06.08.2025