Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent yaqinida bolalar tagliklari ishlab chiqarish zavodi yonib ketdi
Foto: Repost.uz
Bugun, 4 yanvar kuni Toshkent viloyati, Qibray tumani, Baytqo‘rg‘on posyolkasida joylashgan bolalar tagliklari (pamperslar) ishlab chiqarish zavodida yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Ushbu hodisa suratlari va videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.
Toshkent viloyati IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi ma'lumot berishicha, olov 700 kv. m. maydonni qamragan.
Chaqiruv soat 06:27da qabul qilingan. Tez orada o‘t o‘chirish mashinalari voqea joyiga yetib kelishgan. Yong‘in soat 7:33da o‘chirilgan, soat 09:00da butunlay bartaraf etilgan. Olovni o‘chirish ishlarida 14ta o‘t o‘chirish brigadasi ishtirok etgan.
«Kun.uz»ning mas'ul vazirlikdagi manbasi tasdiqlashicha, yong‘in vaqtida halok bo‘lganlar yo‘q.
Yong‘in oqibatida zavod deyarli vayron bo‘lgan. Hozircha yong‘inning kelib chiqishi ma'lum emas.
Ayni vaqtda maxsus guruh hodisa sabablarini o‘rganmoqda.
Mavzuga oid
09:05 / 07.01.2026
Ohangaron va Qibrayda kuchli dorilar noqonuniy muomalasiga doir holatlar aniqlandi
07:50 / 30.10.2025
O‘zbekiston va Serbiya birinchi xonimlari “Imkon” ixtisoslashtirilgan bog‘chasida bo‘ldi
23:20 / 09.06.2025
Qibray tumanidagi ko‘priklardan birida avtomobil harakati to‘liq cheklandi
19:20 / 25.04.2025