Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ohangaron va Qibrayda kuchli dorilar noqonuniy muomalasiga doir holatlar aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron shahar bo‘limi hamda Qibray tumani bo‘limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirlarda xorijda ishlab chiqarilgan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritishga uringanlik holatlari fosh etildi.
Departament ma’lumotiga ko‘ra, “Namangan–Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan CAPTIVA rusumli avtomashina to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilgan. Tekshiruv davomida fuqarolar U.I. va X.S. (muqaddam sudlangan) Toshkent shahrida o‘tkazish maqsadida xorijda ishlab chiqarilgan 445 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini olib kelayotgani aniqlangan. Ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shuningdek, Qibray tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.R.ning yonidan 37 dona kapsuladagi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:15 / 04.06.2026
2030-yillarda yangi tish o‘stiruvchi dori bozorga chiqishi mumkin
14:32 / 22.05.2026
Qibrayda katta miqdordagi noqonuniy dori vositalari ushlab qolindi
17:11 / 19.05.2026
Andijonda qo‘lbola tarzda dori vositalari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi
23:27 / 29.04.2026