Peterburgda o‘zbekistonlik migrantlarning bayramni nishonlashi koma va o‘lim bilan yakun topdi
Peterburgda bayram dasturxoni ustida yig‘ilgan shaxslar is gazi va alkogol bilan zaharlandi, deb xabar bermoqda mahalliy OAV.
O‘zbekistonlik mehmonlar uchun og‘ir oqibatlar Peterburgning Kurortniy tumanidagi Razliv qishlog‘ida tashkillashtirilgan bayram dasturxonidan so‘ng yuzaga keldi.
78.ru’ning huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbaga tayangan holda xabar berishicha, migrantlardan biri is gazidan zaharlanib hayotdan ko‘z yumgan. Boshqa biri koma holatida shifoxonaga olib ketilgan, yana bir jabrlanuvchi esa alkogol bilan zaharlanish tashxisi bilan kasalxonaga yetkazilgan.
Voqea yuz bergan joyda Rossiya TQning Peterburg bo‘yicha tezkor-qidiruv guruhi hamda politsiya xodimlari ish olib bordi. Sud-tibbiy ekspertizalar belgilandi, erkaklardan birining o‘limi yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, uning jasadida jarohat izlari topilmagan.
Mavzuga oid
07:47 / 23.08.2024
Peterburgda murakkab vaziyatda qolgan o‘zbekistonliklarga moddiy yordam ko‘rsatildi
13:50 / 11.03.2024
Peterburg yaqinida dron urib tushirildi va kuchli yong‘in chiqdi
14:45 / 24.01.2024
Peterburg portida bojxona bir tonnadan ortiq kokainni musodara qildi
08:34 / 03.06.2023