O‘zbekiston | 21:50 / 04.01.2018
13979
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropa investitsion banki O‘zbekistonda faoliyat boshlaydi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 yanvar kuni "Xalqaro kelishuvni tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi. 

Unga ko‘ra, xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikni mustahkamlash, mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar va texnik yordamni jalb qilish maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirilishi kerak:

1. 2017 yilning 13 oktabrida Vashington shahrida O‘zbekiston Respublikasi  va Yevropa investitsion banki (YeIB) o‘rtasida imzolangan YeIBning O‘zbekiston hududidagi faoliyati to‘g‘risidagi Doiraviy kelishuvni tasdiqlash;
2. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasini YeIB bilan hamkorlik qilish va xalqaro kelishuvni amalga oshirish uchun mas'ul organ deb belgilash;
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga o‘rnatilgan tartibda Yevropa investitsion banki uchun O‘zbekiston va YeIB o‘rtasidagi Doiraviy kelishuvning qonuniy kuchga kirishiga doir yuridik xulosani taqdim etish;
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga O‘zbekiston tomonidan ko‘rsatilgan xalqaro kelishuvning kuchga kirishi uchun zarur ichki tartiblarni bajarishga doir tegishli bildirishnoma yo‘llash;
5. Xalqaro kelishuv kuchga kirgandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi rahbarlar va tegishli vazirlik hamda idoralar majburiyatlarni bajarish ustidan belgilangan tartibda nazorat o‘rnatishni ta'minlashlari kerak.

Mazkur qaror ijrosi nazorati O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklatildi.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid