Sport | 11:40 / 04.01.2018
12171
1 daqiqa o‘qiladi

Sport TV U-23 Osiyo chempionatini namoyish etadi

«Sport TV» Xitoyda bo‘lib o‘tadigan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatini namoyish etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda telekanalning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma'lum qilingan.

Ushbu musobaqada Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ishtirok etadi. O‘zbekiston terma jamoasi  ertaga Xitoyga jo‘nab ketadi.

Sport TV musobaqaning barcha o‘yinlarini namoyish etishni maqsad qilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ushbu musobaqada mezbon Xitoy va Qatar hamda Ummon terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi. 
9 yanvar, soat 16:30. Qatar - O‘zbekiston
12 yanvar, soat 13:00. O‘zbekiston - Xitoy
15 yanvar, soat 13:00. Ummon - O‘zbekiston

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid