23 noyabr kuni Doha şahrida 23 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasidagi Osiyo Kubogi uçun qur’a taşlandi.

Temur Kapadze boşqaruvidagi Özbekiston olimpiya jamoasi D guruhdan joy oldi, bu guruhda raqiblar Malayziya, Kuvayt va Viyetnam böladi. 

A guruhi

  • Qatar
  • Avstraliya
  • Iordaniya
  • Indoneziya

V guruhi

  • Yaponiya
  • Koreya Respublikasi
  • BAA
  • Xitoy

S guruhi

  • Saudiya Arabistoni
  • Iroq
  • Tailand
  • Tojikiston

D guruhi

  • Özbekiston
  • Viyetnam
  • Kuvayt
  • Malayziya

Özbekistonlik futbolçilar iştirokini Malayziyaga qarşi öyin bilan boşlaydi. Ikkinçi turda Kuvayt, uçinçi turda esa Viyetnam bilan bahs olib boriladi. Guruhda birinçi va ikkinçi örinni egallagan jamoalar keyingi bosqiçga çiqadi.

2024 yil 15 aprelidan 3 may kuniga qadar Qatarda bölib ötadigan turnirda Olimpiada yöllanmasi öynaladi. Finalga çiqqan va uçinçi örin uçun bahsda ğalaba qozongan sovrindor jamoalar Parij-2024ga yöl olişadi.

Ma’lumot uçun, Özbekiston sentabr oyida Toşkentda bölib ötgan guruh öyinlarida Osiyo Kubogi U-23 turniriga yöllanma olgandi. Öşanda dastlab Afğoniston 8:1, Hongkong 10:0 hisoblarida mağlub etilgan, guruh ğolibligi uçun bahsda Abbos Fayzullayevning yagona goli Eron ustidan ğalaba keltirgandi (1:0