O‘zbekistonda 2018 yildan TIF TNning yangi versiyasi joriy etildi
O‘zbekistonda 2018 yil 1 yanvardan tashqi iqtisodiy faoliyat Tovar nomenklaturasining (TIF TN) 2017 yil versiyasi joriy etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Tovar nomenklaturasining 2017 yil versiyasini joriy qilish to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Hujjatda ta'kidlanishicha, Jahon bojxona tashkiloti tovarlarni tavsiflash va kodlash bo‘yicha Uyg‘unlashtirilgan tizimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritdi, ular 2017 yilda kuchga kirgan.
O‘zbekiston rahbari 2018 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Tovar nomenklaturasining 2017 yilgi versiyasini kuchga kiritdi u tovarlarni tavsiflash va kodlash bo‘yicha Uyg‘unlashtirilgan tizim asosida ishlab chiqilgan.
Mavzuga oid
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
07:16 / 20.08.2024
Sanoatni boshqarishning vertikal tizimi joriy etiladi
07:40 / 17.08.2024
Kriptologiya sohasida idoralararo ekspert guruhi tashkil etiladi
07:15 / 24.07.2024