Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
APLda oyning eng yaxshilari aniqlanadi
Angliya premer-ligasi dekabr oyi yakunlariga ko‘ra eng yaxshi murabbiy va eng yaxshi futbolchi bo‘lish uchun nomzodlarni e'lon qildi.
Murabbiylar: Sem Ellardays («Everton», dekabrda – 3 g‘alaba, 3 durang, 1 mag‘lubiyat), Antonio Konte («Chelsi», 5-1-1), Pep Gvardiola («Manchester Siti», 6-1-0), Roy Hojson («Kristal Pelas», 2-4-1), Yurgen Klopp («Liverpul», 4-3-0) va Maurisio Pochettino («Tottenhem», 4-1-1).
Futbolchilar: Markos Alonso («Chelsi», dekabrda – 2 gol va 1 assist, 7tadan 4 o‘yinda quruq o‘yin), Marko Arnautovich («Vest Hem», 6 o‘yinda 5 gol), Roberto Firmino («Liverpul», 7 o‘yinda 6 gol va 2 assist), Harri Keyn («Tottenhem», 6 o‘yinda 8 gol), Jyessi Lingard («Manchester Yunayted», 7 o‘yinda 5 gol va 1 assist), Riyoz Mahrez («Lester», 7 o‘yinda 3 gol va 2 assist), Nikolas Otamendi («Manchester Siti», 7 o‘yinda 2 gol va 4 quruq o‘yin), Muhammad Saloh («Liverpul», 7 o‘yinda 5 gol va 3 assist).
G‘oliblar bir haftadan keyin, 12 yanvar kuni e'lon qilinadi.
Mavzuga oid
22:00 / 13.05.2018
«Manchester Siti» tarixiy g‘alabaga erishdi. Yana yangi rekordlar
21:48 / 09.05.2018
Italiyada kubok, Angliyada YeChL uchun kurash. Bugungi o‘yinlar haqida
12:47 / 08.05.2018
Anons: Bugun Angliyada «hayot-mamot to‘qnashuvi»
21:40 / 06.05.2018