Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belarus prezidenti xokkey uchrashuvi vaqtida maydondan chetlatildi (video)
Belarus – Birlashgan Arab Amirliklari xokkey uchrashuvi tomoshabinlari antiqa holat guvohi bo‘ldilar. Uchrashuv vaqtida unda ishtirok etayotgan Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘yin qoidasini buzgani uchun maydondan 2 daqiqaga chetlatildi. Uchrashuv 12:7 hisobida Belarus foydasiga yakunlangan.
“Nasha Nіva” nashrining ma'lum qilishicha, Lukashenko maydon markazida shaybani o‘yinga kiritish vaqtida raqibi ustiga yiqilib tushgan. Uchrashuv hakamlari tribunalar kulgisi ostida Lukashenkoni 2 daqiqalik jarima bilan jazolab, maydondan chetlatishgan.
Ushbu videoga berilgan izohlarda foydalanuvchilar voqea go‘yoki sahnalashtirilgandek ko‘ringanini aytishgan. Ba'zilar esa hazillashib, prezidentni maydondan chetlatishga botina olgan hakam omon qolgani-yo‘qligi borasida qiziqishgan.
Mavzuga oid
10:35
Belarusga 5 ming nafar o‘zbekistonlik ishchi yuborish rejalashtirilmoqda
18:05 / 13.07.2026
Lukashenko migrantlarni Belarusga jalb qilish shartlarini tushuntirdi
10:05 / 10.07.2026
Lukashenko: O‘zbek oilalarini Belarusda ko‘rishni istaymiz
18:21 / 09.07.2026