Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko va Andijon viloyati hokimi Şuhrat Abdurahmonov Vitebsk viloyatiga taşrif buyurib, ikki mamlakat örtasidagi qöşma loyihalarni amalga oşiriş masalalarini muhokama qildi.

Ma’lum qilinişiça, mazkur rejalar Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 8–9 iyul kunlari Belarusga amalga oşirgan rasmiy taşrifi davomida erişilgan kelişuvlar asosida hayotga tatbiq etilmoqda.

Aleksandr Lukaşenko Vitebsk viloyatida qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaşni rivojlantiriş, zarurat tuğilsa, yangi qayta işlaş korxonasini birgalikda barpo etişga tayyor ekanini bildirdi.

«Bu biz uçun ham manfaatli. Şu tariqa Vitebsk viloyati rivojlanadi. Biz birodarlarça işlaymiz», — dedi Belarus rahbari.

Uçraşuvda Şuhrat Abdurahmonov Özbekiston prezidentining salomini yetkazib, özbekistonlik mutaxassislar uçun yaratilayotgan mehnat şaroitlari uçun minnatdorlik bildirdi.

Lukaşenkoning ta’kidlaşiça, Belarusda mehnat qiladigan özbekistonliklar uy-joy bilan ta’minlanadi, ularning farzandlari esa mahalliy bolalar bilan teng şaroitda maktab va boğçalarga qatnay oladi.

Şuningdek, nafaqat Vitebsk, balki Mogilyov viloyatining ayrim tumanlarida ham özbekistonliklarni qişloq xöjaligi, quriliş, sanoat, xizmat körsatiş sohalari hamda kiçik tibbiyot xodimi sifatida işga jalb qiliş rejalaştirilmoqda.

Ma’lum qilinişiça, Vitebsk viloyatiga Andijon viloyatidan dastlabki 255 nafar fuqaro yetib kelgan. Kelişuvlarga muvofiq, jami 5 ming nafar işçi Belarusga yuboriladi. Ular sentabr oyidan boşlab har biri 500 kişidan iborat guruhlar tarkibida bosqiçma-bosqiç işga jönatiladi.

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev ham Belarus bilan erişilgan kelişuvlarni amalga oşirişga bağişlangan yiğilişda mehnat migratsiyasini tizimli taşkil etiş böyiça topşiriq berdi. Birinçi bosqiçda tanlov asosida 1,1 ming nafar fuqaroni Vitebsk va Belarusning boşqa viloyatlaridagi 13 ta korxonaga işga yuboriş rejalaştirilgan.