Light | 20:40 / 05.01.2018
17064
2 daqiqa o‘qiladi

Kamharakat hayot tarzi juda xavfli ekani aytildi

Foto: reactor

Udine va Padui Universitetlari tadqiqotchilari kamharakat hayot tarzining inson sog‘lig‘iga ta'siri o‘rganilgan tadqiqot o‘tkazishdi. Ikki hafta mobaynida harakatsiz qoldirilgan keksa yoshli kishilarni tadqiq qilish jismoniy faolliksiz mushak atrofiyasi ancha murakkab kechishini ko‘rsatdi. 

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, turli yoshdagi kishilarda ham xuddi shunday mushaklar atrofiyasi kuzatiladi  — jismoniy harakatning yo‘qligi, noto‘g‘ri ovqatlanish va zararli odatlar og‘ir yurak kasalliklarini keltirib chiqarishi barobarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri moddalar almashinuviga ta'sir qiladi. Bu esa tana massasining o‘sishi va gormonal balansning buzilishiga sabab bo‘ladi.  

Olimlar shuningdek kamharakat hayot tarzi natijasida yuzaga kelgan kasalliklar nafaqat mushak tonuslarining qayta tiklanishini qiyinlashtirishi, balki ko‘p holatlarda insonni mustaqil harakatlanish imkonidan ham mahrum qilishi mumkinligini ta'kidlashdi. Organizmni tonusda ushlashga doir amaliy tavsiyalar ko‘pchilikka ma'lum — hatto qisqa muddatli muntazam sayrlar ham organizmning normal ishlashga yordam beradi. 

Mavzuga oid