Nizom vazirlik va idoralar, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari (respublika va mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari) faoliyatidagi moliyaviy va boşqa xavflarni aniqlaş, baholaş va boşqariş tartibini belgilaydi.

Nizomga köra, Respublika va mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organida xavflar Xavflarni boşqariş qömitasi tomonidan boşqariladi.

Xavflar quyidagi tartibda baholanadi:

🔹 xavf ta’sirini aniqlaş;
🔹 xavf ehtimolini aniqlaş;
🔹 xavf ta’siri va ehtimoli natijalarini özaro bir-biriga köpaytiriş orqali xavf darajasini hisoblaş.

Xavf ta’sirini aniqlaşda quyidagi omillarga belgilangan mezonlar asosida 1 - 3 ball beriladi:

▪️xavfni boşqariş böyiça taşkilot nazorati;
▪️tashkilotning uşbu xavf yuzaga kelişi mumkin bölgan funksiyasining avtomatlaşgani;
▪️xavfning yuzaga kelişida normativ-huquqiy hujjatlardagi böşliqlarning mavjudligi.

Bunda 3 ball tegişli xavf ta’sirining eng yuqori darajasini va 1 ball eng past darajasini bildiradi.