Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Taxlama iPhone chizmalari tarqaldi
LG Display kompaniyasi bukma ekranli qurilmani patentdan o‘tkazdi. Gizchina shu haqidagi xabar bilan bo‘lishdi. Kompaniya yangi iPhone uchun texnologiyani ro‘yxatdan o‘tkazgan bo‘lishi mumkin.
Bundan avval LG'ning LG Display sho‘'ba korxonasi Apple'dan taxlama-smartfon uchun buklanuvchi AMOLED-displeyga buyurtma olgani haqida aytilgan edi. "Olma" kompaniyasi Samsung'ning moslashuvchan ekranli Galaxy X smartfoniga "javob" tayyorlamoqda. Koreyaliklar smartfoni chizmalari ham avval tarmoqda paydo bo‘lgandi.

Patentda qurilma qanday brend ostida chiqishi ko‘rsatilmagan. Ta'kidlash joizki, LG Display savdo markasi ostida faqat ekranlar ishlab chiqariladi. Patent 2017 yilning 21 martida ro‘yxatdan o‘tkazilgan, biroq 2018 yilning 5 yanvariga kelibgina taqdim etilgan.
Chizmalarda ko‘rsatilishicha, devays o‘zaro to‘rtta sharnir bilan bog‘langan ikki qismdan iborat bo‘ladi. Old tomonning buklanadigan joyida ekran bo‘ladi. Qurilma ochiq holatida planshetni yodga soladi.

Mavzuga oid
14:25 / 25.12.2025
2025 yilda ayfonlarning 70 foizi Rossiyaga yashirin sxemalar orqali olib kirilgan
22:41 / 18.12.2025
Apple 2026 yilda iPhone Pro dizaynini tubdan o‘zgartiradi
12:44 / 16.12.2025
iPhone’dan Android’ga o‘tish endi ancha oson
19:24 / 10.12.2025