23:27 / 06.01.2018
36360

Qoidasiz janglarda yil nokauti tanlandi

Qoidasiz janglar ixlosmandlari ovoz berish orqali 2017 yilning eng yaxshi nokautini tanlashdi. UFC 218 musobaqasida Fransis Ngannuning Alister Overimga qarshi jangdagi nokauti UFC’ning tvitterdagi sahifasida o‘tkazilgan ovoz berish natijasiga ko‘ra 2017 yilning eng yaxshi nokauti deb topildi.

2-o‘rinni Mett Braun (Diyego Sanchesga qarshi jangda tirsak bilan nokaut), 3-o‘rinni Edson Barboza (Benil Dariushga qarshi jangda sakrab tizza bilan nokaut) va 4-o‘rinni Mayk Perri (Jyeyk Ellenbergerga qarshi jangda tirsak bilan nokaut) egalladi.

Avvalroq nufuzli HBO telekanali kanadalik bokschi David Lemening amerikalik Kertis Stivens bilan jangdagi nokautini boksdagi 2017 yil nokauti deb tan olgandi.

Mavzuga oid
Top