Professional boksning super örta (-76,2) vazn toifasida ringga kötarilayotgan Bektemir Meliqöziyev (7-1, 6 KO) navbatdagi jangini amerikalik Gabriel Rosadoga (26-13-1, 15 KO) qarşi ötkazdi.

AQŞ vaqti bilan 19 iyun oqşomida Texas ştatidagi El-Paso şahrida bölib ötgan jang 3 raunddayoq tugadi. 12 raundga möljallangan jangning 1-raundida özbekistonlik boksçi töliq ustunlik qildi va raqibini nokdaun holatiga ham tuşirdi.

U keyingi raundlarda ham hujumkorlikda davom etdi, ammo 3-raundda navbatdagi hujumi vaqtida kuçli zarbani ötkazib yuborib, ringga quladi.

Tajribali Rosado bu ğalaba orqali Bektemir Meliqöziyevning WBA Continental va WBO International kamarlarini öziniki qildi.

Bektemir Meliqöziyev uçun bu professional boksdagi ilk mağlubiyat böldi. U şu kunga qadar ötkazgan 7ta jangining barçasida (şundan 6tasida nokaut bilan) ğalaba qozongandi.