Özbekistonlik professional boksçi Şohjahon Ergaşev Çikagoda özining 15-jangini ötkazdi.

Uşbu jangda Ergaşevga amerikalik Zaka Remsi raqiblik qildi. 8 raundga möljallangan jang birinçi raunddayoq yakunlandi - amerikalik boksçi ilk raunddayoq nokautga uçradi.

Ma'lumot uçun, Remsi prof ringda 13ta jang ötkazib, ularning 8tasida ğalaba qozongan (4tasi nokaut bilan). 5 marotaba mağlub bölgan (3 marotaba nokautga uçragan).

Şohjahon Ergaşev uçun esa bu 15-jangdagi 15-ğalaba böldi. U janglarining 14tasida raqiblarini nokautga uçratgan.