Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident yangi GES qurilishi haqida aytdi. U qanday bo‘ladi?
5 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tkazilgan Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida viloyatda yangi gidroelektrostansiya barpo etilishi ma'lum qilingandi. «O‘zbekgidroenergo» AJ vakilining Kun.uz'ga xabar berishicha, Toshkent viloyatida joylashgan tog‘li Bo‘stonliq tumanining Kurduxtar qishlog‘i hududidan kesib o‘tuvchi Pskem daryosi O‘zbekistondagi o‘zlashtirilmagan daryolarning eng yirigi hisoblanadi. Shuning uchun, mavjud gidroelektrostansiyalar qatoridan yana bir majmua Pskem gidroelektostansiyasining o‘rin olayotgani muhim voqea hisoblanadi.
Pskem daryosi Oyganing va Maydantal irmoqlarining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan yirik o‘zan hisoblanadi. U to‘liq Respublikamiz hududida joylashgan. Qolaversa, Chotqol va Ko‘ksuv daryo suvlari birgalikda Pskem daryosi salohiyatini yanada oshiradi. Daryoning yuqori qismida O‘zbekistondagi eng yirik Chorbog‘ GES stansiyasi qurilgan bo‘lib, uning quvvati 620.5 MVt, yillik elektr energiya ishlab chiqarish hajmi esa 2 mlrd kVtch soatni tashkil qiladi. Oqimdan quyida Chirchiq daryosining kanallari, Chirchiq-Bo‘zsuv suv energetikasi qismlarida 17 turdagi har xil hajmdagi quvvatga ega bo‘lgan GES lar ham mavjud. Bu energiya zaxiralari ayni vaqtdan foydalanishni talab qilayotgan suv resurslarining noyob mo‘'jizasidir.
Hozirda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani Kurduxtar qishlog‘ida Pskem GESida qurilish ishlari boshlab yuborilgan. Pskem GeSi Toshkent viloyatining shimoliy-sharqida, Toshkent shahrigacha 120 km masofada uzoqlikda, Chorvoq suv omboridan 45 km tepada joylashgan. Pskem GESi ning elektr energiya imkoniyati 404 MVt tashkil etadi. Pskem GESi Chorvoq GESidan keyin kattaligi bo‘yicha, ikkinchi o‘rinni egallaydi. U yiliga 900 mln. kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi va zaxira energiya yetkazib beruvchi boy manba hisoblanadi. Pskem GESining suv ombori suv hajmi 520,8 mln M3 suvni tashkil qilib, shundan samarali suv hajmi 486,5 mln M3 tashkil qiladi. Pskem daryosining qurilishi mamlakatimizda yoqilg‘i energetik resurslarini saqlab qolishini ta'minlaydi. Buning natijasida mamlakatimizda 300 ming tonna shartli yonilg‘i, 250 mln.m3 tabiiy gaz va 900 ming tonna Angren ko‘mirini tejash imkoniyati tug‘iladi.
Kelgusida Chirchiq daryosi havzasi va oqimi bo‘ylab, bir necha GES lar qurilishi rejalashtirilgan. Ular orasida Pskem GESi ishlab chiqarish salohiyati yirik korxonalardan biriga aylanishi kutilmoqda. Obektning umumiy qiymati: 450,0 mln.AQSh.dollariga teng.
Shuningdek, Pskem daryosida Pskem GES qurilishi obektida kuzatuv maydoni, ichimlik suvi quvurlari, shtab binosi, 200 o‘rinli oshxona, beton zavodi qurilishi tamomlangan hamda 250 o‘rinli mashina mexanizmlari to‘xtash joyi bo‘yicha qurilishi ishlari amalga oshirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining 18 maydagi farmoni bilan «O‘zbekenergo» aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kirgan gidroelektrstansiyalar, gidrotexnik va gidroenergetika bilan bog‘liq boshqa bo‘linmalar, shuningdek Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining «O‘zsuvenergo» birlashmasiga qarashli bo‘lgan barcha gidroelektrostansiyalarni birlashtiruvchi «O‘zbekgidroenergo» aksiyadorlik jamiyati tashkil etilgandi.
Mavzuga oid
21:23 / 20.06.2026
Qibrayda avtomobilda qizlarga uyatsiz harakat qilgan yigitlar 5 sutkaga qamaldi
16:47 / 19.06.2026
Toshkent viloyatida ekologiya mas’ullariga qat’iy choralar ko‘rildi
08:45 / 16.06.2026
Toshkent va Samarqandda qariyb 6 kg narkotik modda musodara qilindi
09:05 / 12.06.2026