Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident tanqididan so‘ng hududlarda tibbiy kadrlar ta'minoti yaxshilanyaptimi?
Har qanday soha rivoji shu yo‘nalishda tayyorlanayotgan kadrlar salohiyatiga, mutaxassislar ta'minotiga bog‘liq. Xususan, tibbiyot ham. Shu bois, davlatimiz rahbari sog‘liqni saqlash sohasi mutasaddilari bilan o‘tkazilgan har bir uchrashuvda tibbiy ta'lim va kadrlar ta'minoti bo‘yicha topshiriqlar berib kelmoqda.
2017 yil 12 dekabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tibbiyot sohasi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ayni masala ko‘tarildi. Davlat rahbari sog‘liqni saqlash tizimidagi hal etilishi lozim bo‘lgan muammolarni hududlar kesimida tahlil qilib, joylardagi tibbiyot muassasalarining kadrlar ta'minoti va salohiyati yetarli emasligi, ya'ni bugungi kunda mamlakatimizda 11 mingdan ziyod shifokor yetishmasligi sababli yangidan tashkil etilayotgan tibbiyot muassasalari tomonidan aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsata olinmayotgani, buning sabablari, oqibat va yechimlariga alohida e'tibor qaratdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, prezidentning o‘rinli tanqidi va topshiriqlaridan so‘ng Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda tibbiyot kadrlariga bo‘lgan ehtiyoj hududlar, tumanlar va muassasalar kesimida o‘rganib chiqildi.
Darhaqiqat, o‘rganish natijasida bugungi kunda davolash-profilaktika muassasalari tizimida 11 mingdan ziyod vakant o‘rinlar mavjudligi, shundan 3462ta shtat umumiy amaliyot shifokorlari, 8217 ta tor mutaxassisliklarga tegishli ekani aniqlandi.
Ushbu o‘rinlarni yuqori bilim-saviyaga ega kadrlar bilan to‘ldirish yuzasidan bir qator amaliy choralar ishlab chiqildi. Xususan, ushbu o‘rinlar tibbiyot oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarini maqsadli yo‘naltirish orqali qoplanishi belgilandi.
Shu maqsadda tibbiyot oliy ta'limi muassasalarining bitiruvchilari va klinik ordinatorlarining hududlar kesimida manzilli ro‘yxati shakllantirildi.
Xalq manfaatini ko‘zlab qilingan ushbu harakatlar kadrlar sifatiga ta'sir qilmasligi uchun ular mutaxassislik bo‘yicha puxta tayyorlandi. Shuningdek, 2018 yil yanvar oyining birinchi o‘n kunligi davomida barcha ishga yo‘llanishi lozim bo‘lgan bitiruvchilar o‘rtasida yakuniy davlat attestatsiyalari o‘tkazildi.
Tibbiyot oliy ta'lim muassasalari bakalavriatining “Davolash ishi”, “Kasbiy ta'lim (davolash ishi)”, “Pediatriya ishi” VII kurs va tibbiy profilaktika ta'lim yo‘nalishining VI kurs talabalari hamda respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, ilmiy tekshirish institutlari, tibbiyot oliy ta'lim muassasalari, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti II kurs klinik ordinatura bitiruvchilarini mutaxassisligiga mos ravishda ishga joylashtirish bo‘yicha shartnomalar tuzildi. Yosh mutaxassislar 2018 yilning 8 yanvaridan boshlab o‘z ish joylarida faoliyat boshlashi uchun ularni uy-joy bilan ta'minlash masalalari bo‘yicha zaruriy ishlar amalga oshirildi.
O‘tkazilayotgan ushbu amaliy sa'y-harakatlar natijasida 2018 yil oxirigacha umumiy amaliyot shifokorligi bo‘yicha bo‘sh o‘rinlar 88 foiz, tor mutaxassisliklar bo‘yicha esa 55 foiz qoplanishi kutilmoqda.
Ayni kunlarda tibbiyot kadrlariga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlarga ishga yo‘llanuvchi bitiruvchilar, klinik ordinator mutaxassislarga tibbiyot ta'limini tugatganligi to‘g‘risidagi hujjatlar topshirilishi va joylarga kuzatish marosimlariga katta tayyorgarliklar ko‘rilmoqda. Bitiruvchilarning joriy yil 20 yanvarga qadar ish boshlashlari uchun barcha sharoitlar tayyorlangan.
Mavzuga oid
20:28 / 03.06.2026
O‘zbekistonlik shifokor 5000 kilometr masofadan turib operatsiya o‘tkazdi
15:20 / 29.12.2025
Tibbiyot xodimlari farzandlariga kontraktning 30 foiz qismi qoplab beriladi
10:44 / 27.12.2025
Qirg‘izistonda o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining oyligi 2 baravar oshiriladi
22:57 / 23.12.2025