Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatining yangi hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
5 yanvar kuni Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada prezident tavsiyasiga binoan G‘ulom Ibragimov Toshkent viloyati hokimi etib tasdiqlandi. U shu vaqtga qadar 2017 yilning 30 oktabrida paxta mavsumida ishdan olingan avvalgi hokim Shukrullo Boboyev o‘rniga hokim vazifasini bajaruvchi bo‘lib kelayotgandi.
Sessiyada Toshkent viloyati hokimining Sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Usmon Rahimov Nurafshon shahri hokimi etib tayinlandi.
«Kun.uz» manbasi bergan ma'lumotga ko‘ra, Usmon Rahimovning o‘rniga Sanjar Yusupov viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan.
Mavzuga oid
14:44 / 14.07.2026
Toshkent viloyati bog‘chalaridagi ommaviy zaharlanishda 11 kishi aybdor deb topildi
09:25 / 14.07.2026
Zangiotada soliqchi, Buvaydada muhandis pora bilan ushlandi
17:51 / 07.07.2026
“Misqollab yaratilgan Toshkent brendini yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin” – issiqxonachi muqobil yechimlar haqida
12:04 / 06.07.2026