Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda 2017 yilda korrupsiya va partiya intizomini buzganlik uchun 160 ming kishi jazolandi
2017 yilda Xitoyda partiya intizomining turli qoidabuzarliklari va korrupsiya uchun 159 mingdan ko‘proq odam jazolandi. Bunday ma'lumotni Xitoy Kommunistik partiyasining intizomni tekshirish markaziy komissiyasi 7 yanvarda ma'lum qildi.
Bu kishilar 122,1 mingta ish bo‘yicha o‘tganlar. Ushbu ishlardan 48,7 mingtasi nochorlikka qarshi kurash dasturlari va loyihalarini amalga oshirishdagi qoidabuzarliklar bilan bog‘langan. Ma'lum qilinishicha, yanvardan noyabrgacha 61 ming amaldor axloq bo‘yicha partiya kodeksini buzganlik uchun jazolangan. 2017 yilda komissiya korrupsiya va partiya intizomini buzganlik bilan bog‘liq 670 ish bo‘yicha hisobotni keng jamoatchilikka taqdim qilgan.
Oxirgi yillar Xitoy huquq-tartibot idoralari xorijga qochib ketgan korrupsiyachilarni ortga qaytarish bo‘yicha faol ish olib bormoqdalar. 2017 yilda Xitoyga korrupsiya ishlari bo‘yicha o‘tayotgan 1,3 mingga yaqin kishi, jumladan partiya va davlat apparatining 347 a'zosi va amaldorlari qaytarilgan. Ular orasida xorijda yashirinayotgan 100 nafar eng qidiriluvchi korrupsiyachilardan 14 nafari bo‘lgan. Bu sa'y-harakatlar natijasida o‘tgan yili Xitoy g‘aznasiga 980 mln yuan (151 mln dollar) mablag‘ qaytarilgan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – halol dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Xitoy Toshkentda akkumulyatorlarni saqlash tizimini barpo etadi
O‘zbekiston | 14:34
-
Toshkent viloyatida advokat 20 ming dollar bilan ushlandi
O‘zbekiston | 14:25
-
Germaniyada bir yil ichida deportatsiyalar soni sezilarli darajada oshdi
Jahon | 13:58
Mavzuga oid

14:34
Xitoy Toshkentda akkumulyatorlarni saqlash tizimini barpo etadi

09:54
YeI va Xitoy iqlim bo‘yicha yaqinroq hamkorlik qilmoqchi

07:31
YeI-Xitoy sammiti: Bryussel Pekinni Rossiyaga ta’sir o‘tkazishga chaqirdi

07:28