O‘zbekiston | 10:09 / 07.01.2018
30352
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent xalqaro aeroporti uzilishlar bilan ishlamoqda

Foto: KUN.UZ

O‘zbekistonning bosh havo gavani - Toshkent shahridagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroport terminallari xalqaro va mahalliy parvozlarni bir necha soatga qabul qilmadi. Bunga 2018 yil 6 yanvar kechasi va 7 yanvar tunida aeroport hududida quyuq tuman bo‘lgani sabab bo‘lgan. Kompaniya saytida bu borada e'lon berilgan. 
 
"O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi noqulay meteosharoit tufayli Toshkent aeroporti havo kemalarini qabul qilmayotganligini bildiradi.

Havo maskani atrofini kuchli tuman qoplagan, ko‘rish chegarasi esa belgilangan minimumdan past. Xalqaro qoidalarga ko‘ra, bunday sharoitda havo kemalarini qo‘ndirish taqiqlanadi.

Hurmatli yo‘lovchilar, Sizdan quyidagi telefonlar orqali qatnovlarning jo‘nash va yetib kelish vaqtini aniqlashtirib olishni so‘raymiz +99871 140 28 01/02/03/04.

Qatnov holatini https://www.uzairways.com/flightstatus?action=2in havolasi orqali tekshirishingiz mumkin.

Hurmatli yo‘lovchilar! "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi sizning xavfsizligingiz haqida qayg‘uradi va bizni to‘g‘ri tushunganingiz uchun minnatdorchilik bildiradi”, - deyiladi milliy aviakompaniya xabarida.

Xabar yozilayotgan vaqtda, e'londagi havolada 6 ta xalqaro parvoz ushlangani haqida ma'lumot bor edi. 

Bular ZM 1029 (Bishkek), UT 805 (Moskva), FV 6971 va SU 6971 (Sankt-Peterburg), HY 602 (Moskva) hamda HY 272 (Istanbul) shaharlaridan keluvchi reyslar edi. 

Biz ko‘rsatilgan raqamlardan biriga qo‘ng‘iroq qilib, parvozlar necha soat amalga oshirilmagani, nechta reys necha soatga kechikishi mumkinligi haqida so‘raganimizda, bu haqda ma'lumot bera olmasligini hamda hech kim buni ma'lum qilmasligini aytishdi. 

Mavzuga oid