Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tuman sabab Moskvadan Buxoro va Termizga uchgan reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi
Buxoro va Termiz aeroportlarida kuzatilgan tumanli ob-havo sharoiti sabab Moskvadan yo‘lga chiqqan ayrim reyslar qo‘nish uchun muqobil aerodromlarga yo‘nalishga majbur bo‘ldi.
Ma’lum qilinishicha, Buxoro aeroportidagi noqulay ob-havo (tuman, ko‘rinish masofasi 100 metr) tufayli Moskva—Buxoro yo‘nalishidagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY9608 reysi ekipaji Navoiydagi muqobil aerodromga yo‘nalishga qaror qilgan.
Shuningdek, Moskva—Buxoro yo‘nalishida harakatlangan «Aeroflot» aviakompaniyasining AFL1876 reysi ekipaji Samarqanddagi muqobil aerodromga yo‘naltirilgan.
Bundan tashqari, Termiz aeroportidagi tumanli ob-havo sharoiti sabab Moskva—Termiz yo‘nalishidagi «Azimut» aviakompaniyasining AZO7055 reysi ekipaji ham Samarqanddagi muqobil aerodromga yo‘nalishga qaror qilgan.