Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda mudhish qotillik ro‘y berdi: bir oilada 2 go‘dak, jami 4 kishi o‘ldirildi
Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani «Xidirsha» MFY hududida yangidan barpo etilgan uy-joylardan birida istiqomat qilgan oila Yangi yil arafasida o‘ldirib ketilgan. Bu haqda bir nechta axborot manbalari KUN.UZ’ga xabar qildi.
Voqea tafsilotlariga ko‘ra, 1989 yilda tug‘ilgan ayol, uning bo‘yi yetgan singlisi, 3 yoshli va 6 oylik farzandlarining — jami 4 insonning murdasi oila istiqomat qilib kelayotgan uydan topilgan.
Dastlabki surishtiruv xulosasiga ko‘ra, tabiiy gazdan zaharlanish, deyilgan baxtsiz hodisa sinchiklab o‘rganilganida qotillik ekanligi ma'lum bo‘ldi. KUN.UZ axborot manbasining xabar qilishicha, vafot etganlarning barchasi pichoqlab o‘ldirilgan.
Jinoyatchi o‘z qilmishini yashirish maqsadida uyga o‘t qo‘ygan. Biroq, yangi qurilgan imoratning plastik derazalari havo o‘tkazmaganligi sababli, yong‘in rivojlanmay qolgan. Huquqni muhofaza etuvchi organlar qotillik 30 dekabr kuni yuz bergan, degan farazni ilgari surishmoqda.
Voqea tafsilotida o‘ldirilgan ayol ikki marta turmush qurgani, 3 yoshli farzandi avvalgi turmushidan, 6 oylik chaqalog‘i keyingisidan ekanligi aytiladi. Ayolning ayni paytdagi, ikkinchi turmush o‘rtog‘i 1 yanvar kuni Qozog‘istonning Olmaota shahriga jo‘nab ketganligi ham ma'lum qilinmoqda. Andijon viloyatida ro‘y bergan ushbu rezonansli holat bo‘yicha rasmiy ma'lumot e'lon qilinmagan.
Mavzuga oid
09:15 / 13.06.2026
Davlat organi va bank tizimidagi korrupsiya holatlari aniqlandi
15:32 / 09.06.2026
Andijonda 4 nafar egizak dunyoga keldi
11:39 / 08.06.2026
Andijon viloyati hokimiga ikki yangi o‘rinbosar tayinlandi
16:53 / 04.06.2026