Angliya terma jamoasining pedofiliya uchun qamalgan sobiq o‘yinchisi futbolga qaytmoqchi
«Sanderlend» va Angliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Adam Jonson katta futbolga qaytishni mo‘ljallamoqda. U pedofiliya uchun qamoq jazosiga hukm etilgandi, deya xabar bermoqda The Sun.
Jonson 2016 yilning 10 fevral kuni sudda o‘z aybini tan olib, 15 yoshli qizchani internet orqali yo‘ldan ozdirganini ma'lum qildi. Shu bilan birga, 28 yoshli futbolchi ayblov xulosasidagi voyaga yetmagan shaxs bilan jinsiy aloqaga oid ikki bandni rad etdi. Bu ma'lumotlar oshkor etilganidan bir kun o‘tib «Sanderlend» Angliya terma jamoasi sobiq o‘yinchisi bilan shartnomani bekor qildi. 2016 yilning 24 martida sud Jonsonni olti yilga ozodlikdan mahrum etish haqida qaror chiqardi.
O‘yinchi ikki marta apellyatsiya yuborgan, biroq har ikki safar ham u rad etildi. Angliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi 2019 yilda ozodlikka chiqish va futbol o‘ynashda davom etishga umid qilmoqda.
Britaniya nashri ma'lumotiga ko‘ra, Jonson yangi yil arafasida qamoqxonada «Sanderlend»ning yangi libosida o‘yin o‘tkazgan. Xabar qilinishicha, u trenajyor zalida doimiy ravishda shug‘ullanmoqda va o‘zining jismoniy holatini saqlab turibdi. Futbolchining fikriga ko‘ra, Chempionshipda jon saqlab qolish uchun kurashayotgan «Sanderlend»ga o‘ziga o‘xshash o‘yinchi juda kerak.
Mavzuga oid
20:02 / 18.11.2024
Angliyaga pul evaziga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
12:00 / 09.10.2024
Ulkan baqlajondan uzun loviyagacha. Angliyalik pensioner gigant sabzavotlar yetishtirish bo‘yicha 25 marta rekord o‘rnatdi
20:46 / 14.09.2024
Angliyadagi maktablarda telefondan foydalanish taqiqlanmoqda
08:58 / 22.08.2024