Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoro IIB tomonidan qidiruv e'lon qilingan “odamfurush” ayol Dubayda qo‘lga olindi
Foto: Photl
Buxoro viloyati IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qidiruv” tadbiri davomida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 135-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganligi uchun 2011 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan Buxoro shaharda yashovchi, 1973 yilda tug‘ilgan L.H. Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida yashirinib yurganligi aniqlanib, tezkor xodimlar tomonidan qo‘lga olindi. “Odamfurush ayol” O‘zbekiston Respublikasiga ekstraditsiya qilinib, unga nisbatan qonunlarda belgilangan jazoning muqarrarligini ta'minlash choralari ko‘rildi.
O‘tkazilgan “Qidiruv” tadbiri davomida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganligi uchun 2015 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan, G‘ijduvon shahar M.Ashrafiy ko‘chasi 72-uyda yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan A.O. Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida yashirinib yurganligi aniqlanib, qo‘lga olindi.
Mavzuga oid
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:54 / 26.05.2026
Tintuvdan so‘ng yo‘qolgan tillalar – qidiruvdagi sobiq tergovchi ishida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi
08:20 / 25.05.2026
Buxoroda sog‘liqni saqlash tizimidagi korrupsion sxema fosh etildi
21:35 / 21.05.2026