Jahon | 21:39 / 08.01.2018
4172
1 daqiqa o‘qiladi

Misrda prezident saylovlari o‘tadigan kun belgilandi

Foto: Egypt Today

Misrda navbatdagi prezident saylovlarining birinchi bosqichi 26-28 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Misr milliy saylov komissiyasi boshlig‘i Lashin Ibrohim Muhammad Sulaymon Qohiradagi matbuot anjumanda ma'lum qildi. 

Agar saylovning 1-bosqichida nomzodlardan hech qaysi biri mutlaq ko‘p ovoz to‘plamasa, 24-26 aprelda 2-bosqich o‘tkaziladi.

Misrning amaldagi prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiy hozircha saylovlarda ishtirok etish istagini bildirmagan. Shu bilan birga mamlakatdagi bir qator siyosiy kuchlar uning nomzodini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini ma'lum qilganlar. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid