Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘on diplomatlari Tojikistondagi eng yirik bankdan pullarini qaytara olishmayapti
Afg‘onistonlik to‘rt diplomat «Tochiksodirotbank»dan taxminan 300 ming dollar miqdoridagi o‘z depozitlarini qaytara olishmayapti. Omonatlar ular Afg‘onistonning Dushanbedagi elchixonasida ishlashgan vaqtda qo‘yilgan.
«Tochiksodirotbank» Tojikistonning eng yirik tijorat banklaridan biri bo‘lib, 2015 yilda inqirozga uchradi, natijada yuzlab mijozlar haligacha o‘z omonat pullarini qaytarib olganlari yo‘q.
Afg‘onistonning Dushanbedagi to‘rt nafar sobiq xodimidan biri Azizi Borizning aytishicha, ikki yildan beri qaytara ololmayotgan omonat pullari «Tochiksodirotbank»ka 2008 yildan qo‘yilgan. Ular imzolagan shartnomaga ko‘ra, o‘z omonatlarini istalgan vaqtda qaytarib olishlari mumkinligi belgilangan.
«Bu biz uzoq vaqt davomida yig‘ib kelgan pullar edi. Omonatlarimizni istalgan vaqtda qaytarib olishimiz mumkin ekaniga ishontirishdi. Biroq, ikki yildan beri ertaga-indinga keling, deyishmoqda, pullarni esa berishmayapti», - degan u.
Bu pullar, Azizi Borizning so‘zlariga ko‘ra, sobiq diplomatlarning Afg‘onistondagi turar-joyini sotishdan tushgan. Bundan tashqari, ular bankka maoshlarining bir qismini ham qo‘yishgan. Ulardagi ma'lumotga ko‘ra, boshqa xorijiy diplomatlar ham «Tochiksodirotbank»da depozitlarga ega bo‘lishgan, biroq ularning pullari qaytarilgan.
Mavzuga oid
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026