O‘zbekiston | 16:10 / 09.01.2018
9110
2 daqiqa o‘qiladi

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga kelib tushgan murojaat necha kunda ko‘rib chiqiladi?

Foto: Fotolia

Vazirlar Mahkamasining 5 yanvardagi 7-son qarori bilan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risida namunaviy nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqdagi Huquqiy axborot kanalida xabar berilgan.

Nizomga asosan jismoniy va yuridik shaxslar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga murojaat qilish huquqiga ega.

Murojaat fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga kelib tushgan kundan e'tiboran o‘n besh kun ichida, qo‘shimcha o‘rganish talab etilganda esa, bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqilishi lozim.

Ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqish uchun tekshirish o‘tkazish, yoxud boshqa chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘lgan hollarda, ularni ko‘rib chiqish muddatlari mahalla raisi tomonidan uzog‘i bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin.

Qo‘yilgan masalalarni hal etish o‘zining vakolati doirasiga kirmaydigan kelib tushgan murojaatlar besh kunlik muddatdan kechiktirmay tegishli organlarga, boshqa tashkilotlarga va mansabdor shaxslarga yuborilib, bu haqda murojaat etuvchiga xabar qilinadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid