Milliy biometrik pasport xorijga chiqish pasporti sifatida tan olinishi mumkin
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan tasdiqlanishi rejalashtirilgan loyihaga ko‘ra, 2018 yil 1 iyuldan amaldagi milliy biometrik pasportni xorijga chiqish pasporti sifatida e'tirof etish kutilmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi.
Bugun, 9 yanvardan umumxalq muhokamasiga taqdim etilgan «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» davlat dasturi loyihasida ta'kidlanishicha, mazkur o‘zgarish bilan O‘zbekiston hududida yashash, harakatlanish uchun fuqarolik pasporti o‘rniga shaxsni tasdiqlovchi ID – identifikatsiya kartasini joriy etish nazarda tutiladi.
Ma'lumot uchun, Fuqarolarning xorijga chiqish tartib-taomillarini soddalashtirish bo‘yicha tadbir 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Davlat personallashtirish markazi tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, 2011 yildan buyon berilayotgan amaldagi pasport amaliy jihatdan chet elga chiqish pasporti hisoblanib, ko‘plab fuqarolar va ekspertlar ikkinchi pasportning joriy etilishiga qarshi munosabat bildirib, ID-kartalarni yoqlab chiqishgan edi.
Mavzuga oid
17:38 / 05.11.2024
Xorijga chiqish biometrik pasportini pochta orqali yetkazish yo‘lga qo‘yiladi
09:58 / 17.06.2022
Xorijga chiqish biometrik pasportini yagona portal va DXM orqali berish to‘liq joriy qilinadi
18:08 / 09.08.2021
Xorijga chiqish biometrik pasportini qancha muddatda olish mumkin?
20:40 / 09.03.2020