Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon shahridagi «Pistamozor» jome masjidi atrofi qachon tartibga keltiriladi?
KUN.UZ tahririyatiga Andijon shahri, Pistamazor mahallasida yashovchi bir guruh nuroniylardan murojaat kelib tushdi.
Maktubda o‘tgan yilning iyun oyi shaharni ko‘rkam ko‘rinishga keltirish, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish maqsadida «Pistamozor» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ko‘p qavatli uylar, masjid va qabriston atrofidagi bir qator savdo shoxobchalari, choyxona buzib tashlangani aytiladi. Hokimiyat vakillari o‘sha paytda buzilishlar natijasida harakatlanish uchun yaroqsiz holatga kelgan yo‘l va binolar qurilishi tez kunlarda amalga oshirilishiga va'dalar bergan ekan.
Biroq, o‘tgan oylar davomida buzilgan binolar o‘rniga yangilarini qurish ishlari boshlangani yo‘q. «Pistamozor» masjidi atrofidagi yo‘l yog‘ingarchilik kunlari aholiga katta noqulaylik tug‘dirmoqda.
Aholi vakillari tomonidan mazkur muammoni hal etilishi uchun mutasaddi tashkilotlarga ko‘p bora murojaat qilgan. Lekin, Andijon shahar hokimi o‘rinbosari tomonidan ko‘chani obodonlashtirish uchun mablag‘ yo‘q ekanligi mazmunidagi javoblar berilgan.
Murojaatchilar bu javobdan taajjublanib: «Shu ham javobmi? Nega buzishdan oldin qurishni o‘ylab ish ko‘rishmadi?», deya hayron bo‘lishmoqda. Pul ajratilmagan, qilinadigan ishlar rejaga kiritilmagan bo‘lsa, odamlarga sharoit yaratishga shoshilish kerak, axir?
Demak, serqatnov yo‘lning hali-beri asfalt bo‘lishi noaniq. Buzilgan do‘konlar o‘rnida ham ish boshlangani yo‘q.
Ayni paytda masjid atrofidagi avtomobillar qo‘yish joyiga ozgina shag‘al to‘kib, bir qadar epaqaga keltirilgan. Lekin, uning oldidan o‘tgan yo‘l juda achinarli holatda. Yomg‘ir yoki qor yog‘adigan bo‘lsa, shu yo‘ldan yuradigan maktab o‘quvchilari, yoshi ulug‘ kishilar, aholi aziyat chekishi aniq.
O‘ylaymizki, shahar hokimligi aholini qiynab kelayotgan muammoni tez kunlar ichida bartaraf qilishga chog‘lanadi.
Biz mazkur muammoga yana qaytamiz...
Mavzuga oid
08:51 / 20.06.2026
Andijonda 2,5 kilogrammga yaqin gashish musodara qilindi
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026
Andijondagi poliklinikada fojia: 4 kishi vafot etdi
22:12 / 06.06.2026