Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Facebook'ning "Xalq ovozi" guruhida onalarni qadrlashga undovchi videorolik taqdim etildi
Ertalab ishga otlanayotib onalarimizga salom beramiz-da, shoshgancha chiqib ketamiz. Ona esa ortingizda duo qilganicha qoladi. Shu bilan kechqurun charchab uyga qaytamiz, ba'zan onamizning holidan xabar olishga vaqtimiz ham bo‘lmaydi, ikir-chikirlar bilan chalg‘iymiz. Oxirgi marta "Ona, ahvolingiz, sog‘lig‘ingiz qanday? Ko‘nglingiz nimalarni tusayapti?" deb qachon so‘raganingiz yodingizdami?
Facebook ijtimoiy tarmog‘ining "Xalq ovozi/Golos naroda" guruhida onalarning qadriga yetishga undovchi kichik rolik taqdim etildi. Undagi so‘zlar sizga tanishdek tuyulgan bo‘lishi mumkin, ehtimol, qayerdadir bu haqida o‘qigandirsiz ham. Biroq jurnalist Sirojiddin O‘sarov g‘oya muallifi va ijrochisi sifatida tasvirchi Abdulxay Jamshid bilan hamkorlikda onalarni e'zozlashga undovchi kichik videorolikni taqdim etdi.
Keyin afsus qilmaslik uchun onalarning qadriga borida yeting!
Mavzuga oid
14:08 / 08.01.2026
3 yoshga to‘lmagan bolasi bor onalar uchun ish vaqti qisqartiriladi
10:30 / 13.09.2025
Qizaloqni oilasi emas, jamiyat himoya qilolmadi
13:23 / 08.08.2025
“Ijodni jamiyatga foyda keltirish vositasi sifatida ko‘rdim” - dekretda o‘z noodatiy biznesini yuritayotgan Aleksandra
16:38 / 05.02.2022